Brend nomi hamda logotipi brend egasiga yoqishi kerakmi yoki shart emasmi?
Nom ham, logotip ham brend egasiga tegishli boʻlishi mumkin, shuning uchun buni u hal qiladi. Lekin brend funksional boʻlishi kerak.
Bu xuddi shaxsning ismi va yuziga oʻxshaydi. Ism ham, yuz ham shaxsga tegishli, lekin undan boshqalar shu shaxsga murojaat qilish uchun foydalanishadi.
Shunday ekan, brend nomi brend egasiga yoqishi umuman shart emas, logotip ham xuddi shunday. Aksincha, brend logotipi va nomi segmentini koʻrsatib, oʻz xarakteri haqida maʼlumot berib tura olsa, qulayroq boʻladi.
Maqola dastlab Telegram kanalimizda eʼlon qilingan · 2025-11-06
