Bosh sahifa / Xizmatlar / Logotip dizayni

Logotip dizayni

Logotip egasiga yoqishi shart emas — u ishlashi kerak.

Nima uchun

Logotip dizayni — bu chizish emas, vazifani hal qilish. Belgi kichik oʻlchamda oʻqilishi, bosmada va ekranda bir xil chiqishi, biznes qaysi sohada ekanini bir qarashda koʻrsatishi kerak.

Shuning uchun ish eskizdan emas, savoldan boshlanadi: brend kim uchun ishlaydi, raqobatchidan nima bilan farq qiladi, belgi qayerlarda koʻrinadi — vizitkadami, bannerdami, mashina yonidami.

Logotip kimga kerak

  • Brend belgisi umuman yoʻq — yangi biznes ochilyapti.
  • Belgi bor, lekin kichik oʻlchamda oʻqilmaydi yoki telefon ekranida yoʻqoladi.
  • Belgi sohani koʻrsatmaydi — mijoz nima sotilayotganini tushunmaydi.
  • Fayllar yoʻq: faqat bitta PNG bor, vektor va qoʻllash qoidalari yoʻq.

Logotip qanday yaratiladi

01

Savol

Biznes, mijoz va raqobatchilar oʻrganiladi. Belgi qayerlarda ishlashi aniqlanadi.

02

Yoʻnalish

Belgi qanday koʻrinishi kerakligi soʻz bilan belgilanadi. Bu bosqichda hali chizilmaydi.

03

Konsepsiya

Bir necha yoʻnalishda variant beriladi va birgalikda bittasi tanlanadi.

04

Tizim

Tanlangan belgi barcha muhitda ishlaydigan holatga keltiriladi: versiyalar, ranglar, masofalar.

05

Topshirish

Vektor va rastr fayllar, rang va shrift maʼlumotlari, foydalanish yoʻriqnomasi.

Koʻp beriladigan savollar

Logotip yaratish qancha vaqt oladi?

Muddat loyihaning hajmiga bogʻliq va brifdan keyin aniqlanadi. Odatda ish bir necha bosqichda boradi: savol, yoʻnalish, konsepsiya, tizim, topshirish.

Logotip qanday formatlarda beriladi?

Vektor (AI, EPS, PDF, SVG) va rastr (PNG, JPG). Vektor har qanday oʻlchamda sifatini yoʻqotmaydi — banner ham, vizitka ham bir xil chiqadi.

Nechta variant koʻrsatiladi?

Bir necha yoʻnalishda konsepsiya beriladi. Ular ichidan birgalikda bittasi tanlanadi va toʻliq tizimga aylantiriladi.

Logotip dizayni narxi qancha?

Narx loyihaning hajmiga qarab belgilanadi — shuning uchun uni telefonda aniqlaymiz. Qoʻngʻiroq qiling yoki ariza qoldiring.

Logotipni roʻyxatdan oʻtkazish kerakmi?

Belgiga sarmoya kiritilgan boʻlsa — ha. Tovar belgisi guvohnomasi nomni va belgini huquqiy himoyaga oladi. Buni patentlash xizmati doirasida qilamiz.

Belgini himoyaga olish

Tovar belgisini roʻyxatdan oʻtkazish →

Ariza

Keling, avval brendingizni audit qilib koʻramiz

Ism, raqam va faoliyatingizni qoldiring — brendingizga qayerda nima yetishmayotganini aytib beramiz. Bepul.

Narxlarni bilish