Bosh sahifa / Maqolalar / Strategiya

Tone of voice — brend ovozi nima?

Tone of voice — brend ovozi nima?

Brend ovozi — brendlarning kommunikatsiyadagi asosiy qismlaridan biri.

Bu kommunikatsiya mijozlar bilan, xodimlar bilan, hamkorlar bilan — umuman brend bilan aloqada boʻluvchi hamma bilan boʻlishi mumkin.

Asosiy vazifasi — hamma kabi koʻrinmasdan, hatto suhbatda ham oʻz uslubiga ega boʻlish. Bu koʻproq ohanglar bilan ishlaydi.

Qaysidir brend rasmiy, qaysidiri samimiy, yana birortasi hajviy ohangda suhbat qurishi mumkin. Ana shu suhbatning boshqalarga va kundalik suhbatlarga oʻxshamasligi brend ovozini yaratadi.

Maqola dastlab Telegram kanalimizda eʼlon qilingan · 2025-09-05

Keyingi qadam

Nomdan brendbukkacha — toʻliq va izchil brend tizimi.

Brending xizmati haqida →

Keyingi maqola

Nega hamma minimalistik logotip qilyapti? →

Narxlarni bilish