Bosh sahifa / Biz haqimizda

Biz haqimizda

2019-yildan buyon brending bilan shugʻullanaman. 280+ loyiha, butun Oʻzbekiston boʻylab.

Men haqimda

Men — Jamolov Samandar. Brending yoʻnalishida 2019-yildan buyon ishlayman va oʻshandan beri 280 dan ortiq loyihada qatnashdim — nom topishdan tortib toʻliq brend tizimini qurishgacha.

Mijozlarim asosan kichik va oʻrta biznes: klinika va doʻkondan tortib ishlab chiqarish, sport va taʼlimgacha. Toshkentda ham, viloyatlarda ham ishlayman — masofa hech qachon toʻsiq boʻlmagan.

Kuchli tomonim — chiroyli chizish emas, toʻgʻri savolni topish. Har loyiha shundan boshlanadi: bu brend kim bilan gaplashadi va nima demoqchi? Javob aniq boʻlgandan keyingina chizishga oʻtaman. Shuning uchun natija did masalasi emas, qaror masalasi boʻlib chiqadi.

MOHUR — shu yondashuvning agentlik koʻrinishi. Nom, logotip, toʻliq brending va patentlash bitta qoʻlda yigʻilgan: brendni oʻylab topishdan uni huquqiy himoyaga olishgacha bir joyda hal qilinadi — bosqichlar orasida hech narsa yoʻqolmaydi.

Samandar Jamolov — MOHUR asoschisi
PCG mentorlik dasturi sertifikati
Tadbirkorlar klubi sertifikati
Milliard Club sertifikati
Centris Towers loyihasi boʻyicha uchrashuv
7yil
Uzluksiz tajriba
280+
Loyiha bilan ishlangan
30
Portfolioda
4
Xizmat yoʻnalishi

Qanday ishlaymiz

01 · Savol. Biznesingizni oʻrganamiz: kim uchun ishlaysiz, raqobatchidan farqingiz nima, qanday muammoni hal qilyapsiz.

02 · Yoʻnalish. Brend qanday koʻrinishi va qanday gapirishi kerakligini belgilaymiz. Bu bosqichda hali chizmaymiz.

03 · Yechim. Konsepsiyalarni koʻrsatamiz, birgalikda tanlaymiz va toʻliq tizimga aylantiramiz.

04 · Topshirish. Barcha fayllar, qoidalar va jamoangiz bilan uchrashuv. Kerak boʻlsa — patentlash.

Mijozlar
King of Sleep

Ish menga yoqdi — oʻzim nima xohlayotganimni ichimdan topa bildingiz. Menga eng asosiysi kreativligingiz yoqdi. Men ogʻzaki qanday natija koʻrishni xohlayotganimni aytdim, siz esa buni oʻzingizdan kelib chiqib qilib berdingiz.

Abdulaziz aka
You Too

Samandar, rahmat. Toʻgʻrisini aytsam, professional — oʻz ishini biladigan inson ekansiz. Boringizga shukur. Keyingi loyihalarda ham siz bilan hamkorlik qilamiz.

Abdujalil aka
Mijoz

Birinchidan, tez boʻldi — “qachon boʻlarkin” deb kutib oʻtirmadim. Ikkinchidan, kutganimdan ham aʼlo chiqdi: ranglari ham joy-joyida. Muhimi — sifatli.

Doston aka
Ariza

Keling, avval brendingizni audit qilib koʻramiz

Ism, raqam va faoliyatingizni qoldiring — brendingizga qayerda nima yetishmayotganini aytib beramiz. Bepul.

Narxlarni bilish