Koʻpchilik brendingni logotip yoki nom deb tushunadi. Aslida bu — tizim.
Birinchi qatlam — vizual koʻrinish: nom, logotip, ranglar, shriftlar. Bu eng koʻrinadigan, lekin eng yuzaki qatlam.
Ikkinchi qatlam — strategik yoʻnalish: siz kim uchun ishlaysiz, nima vaʼda qilasiz, raqobatchidan nimangiz bilan farq qilasiz.
Uchinchi qatlam — mijoz tajribasi: telefonga javob berishdan qadoqni ochishgacha boʻlgan har bir nuqta.
Brend nomi — birinchi taassurot. Logotip esa kompaniyaning qadriyatlari va ishonchliligi haqida gapiradigan vizual belgi.
Maqola dastlab Telegram kanalimizda eʼlon qilingan · 2025-04-22
